“Abdulla Qodiriy — milliy adabiyotimiz faxri”
“Abdulla Qodiriy — milliy adabiyotimiz faxri”
Joriy yilning 24-avgust sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan buyuk adib Abdulla Qodiriy ijodiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida Abdulla Qodiriyning o‘zbek adabiyoti rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasi, uning hayoti va ijodiy faoliyati haqida so‘z yuritildi. Adibning “O‘tkan kunlar”, “Mehrobdan chayon” kabi asarlarining mazmun-mohiyati, ularda ilgari surilgan insoniy fazilatlar, milliy qadriyatlar va vatanparvarlik g‘oyalari haqida fikr almashildi.
Tadbir ishtirokchilari adib asarlaridan olgan taassurotlari bilan o‘rtoqlashib, kitobxonlik va mumtoz adabiyotimizga bo‘lgan qiziqishlarini bildirdilar.
📖 Abdulla Qodiriy merosi — avlodlarni ma’rifat, ezgulik va kitobxonlikka chorlovchi bebaho xazinadir.