Axborot-kutubxona sohasida kadrlar malakasini oshirish, yagona o‘quv dasturlarini ishlab chiqish
Axborot-kutubxona sohasida kadrlar malakasini oshirish, yagona o‘quv dasturlarini ishlab chiqish hamda Respublika metodik kengashining 2026 yil 24 martdagi 3-son yig‘ilishi bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Respublika axborot-kutubxona markazi bilan hamkorlikda axborot-kutubxona muassasalari rahbar xodimlari uchun “Axborot-kutubxona faoliyatini boshqaruv asoslari” o‘quv dasturi asosida maxsus malaka oshirish kurslari tashkil etilmoqda.
O‘quv mashg‘ulotlari davomida ishtirokchilar: sohadagi zamonaviy boshqaruv standartlari; xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish va raqamlashtirish jarayonlari; fondlarni jamlash va tizimlashtirishning yangi yondashuvlari bo‘yicha o‘z bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlamoqdalar.