“AYOL QADRI — JAMIYAT KO‘ZGUSI” MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI
“AYOL QADRI — JAMIYAT KO‘ZGUSI” MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI
Joriy yilning 12-avgust sanasida
Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan xotin-qizlar ishtirokida “Ayol qadri — jamiyat ko‘zgusi” mavzusida mazmunli davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni, oiladagi totuvlik va farzand tarbiyasidagi mas’uliyati, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar hamda kitobxonlik madaniyatining inson hayotidagi ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
Suhbat davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan fikr almashib, hayotiy tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar. Ayniqsa, yosh avlodni ma’naviy yetuk, bilimli va vatanparvar qilib tarbiyalashda onalarning o‘rni muhim ekani alohida ta’kidlandi.
Samimiy va ochiq muloqot ruhida o‘tgan davra suhbati ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Bunday tadbirlar xotin-qizlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning ma’naviy dunyoqarashini kengaytirishga kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishni oshirishga hizmat qiladi.