AYOLLAR BILAN MA’NAVIY-MA’RIFIY SAYOHAT
AYOLLAR BILAN MA’NAVIY-MA’RIFIY SAYOHAT
Joriy yilning 13-oktabr sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan xotin-qizlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi.
Sayohat davomida ishtirokchilar mazmunli hordiq chiqarish, o‘zaro fikr almashish hamda yangi taassurotlarga ega bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Bunday tadbirlar xotin-qizlarning ma’naviy dunyosini boyitish, kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini oshirish va ular o‘rtasida samimiy muhitni shakllantirishga xizmat qiladi.
Kitob bilan sayohat — ma’naviyat sari sayohat!