Buyuk ajdodlar merosi – yoshlar nigohida
Buyuk ajdodlar merosi – yoshlar nigohida
Joriy yilning 3-aprel sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazibhodimlari tomonidan kutubxonamizda buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavalludiga bag‘ishlangan kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Tadbir davomida yosh kitobxonlar Sohibqiron hayoti va faoliyati haqida kitoblar mutolaa qilib, o‘z bilimlarini yanada boyitdilar.
Ko‘rgazmada Amir Temur haqidagi tarixiy asarlar, ilmiy va badiiy kitoblar keng o‘rin oldi. Ishtirokchilar ajdodlarimiz merosini chuqurroq o‘rganish, ulardan ibrat olish zarurligini yana bir bor his etdilar.
Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.