Davra suhbati
Aholiga axborot-kutubxona xizmat ko‘rsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish "Kitobsevar millat" umummilliy g‘oyasini ro‘yobga chiqarish maqsadida 10-iyul sanasida Zomin tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Kitob ma'naviyat poydevori" mavzusida "Nuroniylar jamg'armasi"da joylashgan "Na'munaviy ko'chma" kutubxonada òquv soati tashkil etilib, kitobxon o'quvchilarga kutubxonaga kelgan yangi adabiyotlar bilan tanishtirildi. Kitobxon o'quvchilar kutubxonaga a'zo qilindi. Kitob o‘qiydigan odamning so‘z boyligi katta bo‘ladi. Chunki kitob o‘qilganda kishi oddiy kundalik hayotda ishlatilmaydigan so‘zlarni ham uchratadi, bu so‘zning ma’nosini lug‘atdan izlash ham shart emas. Shu tariqa kitob o‘qing nafaqat so‘z boyligini orttiradi, balki insonni bilimini ham orttiradi.