"Dolzarb 90 kun dasturi" asosida yoshlar o‘rtasida turli-tuman ommaviy tadbir
“Kitobxon yosh-2026!”
✅RMMM Zomin tuman bo'linmasi hamda Zomin TAKM bilan hamkorlikda Zomin "IIB" bolalar sog'lomlashtirish oromgohida yangi tashrif buyurgan faol kitobxon bolalar uchun yozgi ta’til davrida bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida "Kitobxon yosh-2026" loyihasi tashkil etildi.
(2026-yil iyun - avgust) oʻquvchi va uyushmagan yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish boʻyicha tuzilgan "Dolzarb 90 kun dasturi" asosida yoshlar o‘rtasida turli-tuman ommaviy tadbirlar tashkil etilmoqda. Kitob mutolaa qilish haqida gapiradigan bo‘lsak, bu inson hayotida juda muhim odatlardan biri hisoblanadi. Kitob o‘qish orqali biz nafaqat bilim va ma’lumot olamiz, balki fikr doiramizni kengaytiramiz, dunyoqarashimizni boyitamiz. Kitob mutolaasi insonning tafakkurini rivojlantiradi, so‘z boyligini oshiradi va ijodiy qobiliyatlarni shakllantiradi.
https://t.me/zomin_kutubxona/25923