“Eng yaxshi kitobxon oila” tanlovi tashkil etildi.
#tadbirlar_2026
Joriy yilning 17-aprel sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Kitobxonlik haftaligi” doirasida "Taraqqiyyot" MFYda istiqomat qiluvchi kitobxon oilalar ishtirokida 34-umumiy o`rta ta’lim maktabi binosida “Eng yaxshi kitobxon oila” tanlovi tashkil etildi. Mazkur tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad — oilalarda kitobxonlik muhitini yanada mustahkamlash, kitobga bo‘lgan mehrni oshirish hamda yosh avlodni mutolaaga keng jalb etishdan iboratdir. Zero, kitobni qadrlaydigan oila — ma’naviy barkamol jamiyatning poydevori hisoblanadi. Ishtirokchilar har bir shartni katta qiziqish, faollik va mas’uliyat bilan bajarib, o‘zlarining bilim va salohiyatlarini namoyon etdilar. Yakuniy natijalarga ko‘ra, Toshboltayevlar oilasi o‘zining zukkoligi, faol ishtiroki hamda bilimdonligi bilan ajralib turib, tanlov g‘olibi deb topildi.