Fond bo‘limida 1-chorak hisobotlari tayyorlanmoqda
Fond bo‘limida 1-chorak hisobotlari tayyorlanmoqda
Joriy yilning 27-mart sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari 1-choragi yakuniga ko‘ra, kutubxonaning fond bo‘limi tomonidan amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinmoqda. Hozirda bo‘lim xodimlari tomonidan mavjud adabiyotlar fondi tahlil qilinib, ularning holati, saqlanishi hamda kitobxonlarga yetkazib berilish samaradorligi o‘rganilmoqda.
Shuningdek, hisobot jarayonida fondni boyitish, yangi adabiyotlar bilan to‘ldirish, eskirgan va yaroqsiz holatga kelgan kitoblarni qayta ko‘rib chiqish ishlari ham olib borilmoqda.
Ushbu hisobotlar kelgusida kutubxona faoliyatini yanada takomillashtirish, kitobxonlarga sifatli xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyat kasb etadi.