"Gender tenglik – adolatli va taraqqiyparvar jamiyat poydevori"
"Gender tenglik – adolatli va taraqqiyparvar jamiyat poydevori"
3-iyul kuni Zomin tuman axborot-kutubxona markazida "Gender tenglik – adolatli va taraqqiyparvar jamiyat poydevori" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir davomida gender tengligining mazmun-mohiyati, xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta'minlash, jamiyat hayotida faol ishtirok etishning ahamiyati haqida atroflicha fikr almashildi. Shuningdek, mamlakatimizda gender tengligini ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, xotin-qizlarning ilm-fan, ta'lim, mehnat va jamiyatdagi o'rnini mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlar haqida ma'lumotlar berildi.
Davra suhbati ishtirokchilarda o'zaro hurmat, tenglik va inson qadrini ulug'lash tamoyillarini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.