Ijod bo'stoni
Zomin tumani axbarot-kutubxona markazi tomonidan Sadriddin Ayniy tavalludi munosabati bilan kitobxon o'quvchilar ishtirokida “ijod bo'stoni” nomli davra suhbati tashkil etildi.
Yozuvchi, olim va jamoat arbobi Sadriddin Saidmurodzoda Ayniy 1878 yili Buxoro viloyati, G‘ijduvon tumanida tug‘ilgan. O‘zbek va tojik tilida yozgan. Tojikiston Fanlar Akademiyasi akademigi va birinchi prezidenti (1951—54), O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi faxriy a’zosi (1943), Tojikistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1940), filologiya fanlari doktori (1948), professor (1950).