"Ikki eshik orasi" kitobi taqdimoti
Joriy yilning 31-oktabr sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Leaders" o'quv markazi o'quvchilari ishtirokida Otkir Hoshimovning "Ikki eshik orasi" kitobi taqdimoti boʻlib o'tdi. Taqdimot davomida ishtirokchilarga "Ikki eshik orasi" kitobi yoritilib berilidi.
Unda adibning qariyb qirq yillik davrni o'z ichiga olgan bir qancha chigal va murakkab taqdirlar misolida, o'z xalqining urush davrida boshdan kechirgan hayoti, qismati haqida mahorat bilan qalam tebratgani bayon etib berildi.
Ishtirokchilar ushbu kitob borasida oʻzlarining qiziqtirgan savollariga javob oldilar. Kitob taqdimotda 36 nafar kitobxon ishtirok etdi.