INSON HUQUQI – OLIY QADRIYAT
2025-yil 11-dekabr kuni Zomin tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan tuman Yoshlar markazida “Kitobsevar millati” doirasida “Inson huquqi-oliy qadriyat” nomli kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Tadbirda jamiyatda inson qadrini ulug‘lash, ma’naviy birlikni mustahkamlash va yosh avlodni kitobga mehr qo‘yishga undash maqsad qilingan.
📖 Ko‘rgazmada quyidagi yo‘nalishlardagi adabiyotlar namoyish etildi:
🔹Yurtboshimizning asarlari va nutqlari;
🔹 Tarixiy, ma’naviy va ma’rifiy merosga oid kitoblar;
🔹 Inson huquqlari, adolat va erkinlik mavzusidagi nashrlar;
🔹 Yoshlar tarbiyasiga bag‘ishlangan badiiy va pedagogik adabiyotlar;
🔹 Zamonaviy o‘zbek yozuvchilari ijodidan namunalar.
📌 Ushbu kitoblar ko‘rgazmasi — bu faqatgina kitoblarni namoyish etish emas, balki jamiyatda ma’naviy birlik va ongli fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish sari tashlangan muhim qadamlardan biridir