“Jadidlar merosi — millat ma’naviy uyg‘onishining yorqin sahifasi”
“Jadidlar merosi — millat ma’naviy uyg‘onishining yorqin sahifasi”
Joriy yilning 2-sentabr sanasida
Zomin tuman Axborot-kutubxona markazida uyushmagan yoshlar ishtirokida jadid bobolarimizning boy ma’naviy-ma’rifiy merosiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida yoshlar jadidchilik harakatining vujudga kelishi, uning xalqimiz ma’rifati va milliy uyg‘onishidagi o‘rni hamda jadid bobolarimizning yurt ravnaqi va yosh avlod ta’lim-tarbiyasi yo‘lida olib borgan ezgu faoliyati haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Shuningdek, jadidlarimizning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan kitoblar bilan tanishtirilib, ularning boy merosini o‘rganish, yoshlar qalbida Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat va ma’rifatga intilish tuyg‘ularini yanada mustahkamlash borasida fikr almashildi.
Tadbir yakunida yoshlar jadid bobolarimizning ibratli hayoti va ulkan merosidan o‘zlariga munosib xulosa chiqarishlari, ularning ezgu g‘oyalarini davom ettirishlari muhim ekanligi ta’kidlandi.