“Jadidlar merosi — millat ma’naviyati”
“Jadidlar merosi — millat ma’naviyati”
Joriy yilning 27-avgust sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari Ma’naviyat va ma’rifat markazi, RMMM Zomin bo'linmasi
hamda muzey xodimlari bilan hamkorlikda jadidlar merosiga bag‘ishlangan “Jadidlar merosi — millat ma’naviyati” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida jadid bobolarimizning xalqimiz ma’naviy hayotidagi o‘rni, ilm-fan, ta’lim, madaniyat va milliy taraqqiyot yo‘lidagi fidokorona faoliyati haqida atroflicha fikr almashildi. Ularning ma’rifat, Vatanga muhabbat, milliy o‘zlikni anglash va yoshlarni ilm olishga chorlash borasidagi ezgu g‘oyalari keng yoritildi.
Tadbir davomida RMMM davlat tashkiloti, Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda muzey xodimlari tomonidan jadidlarning hayoti va ijodiga oid qimmatli ma’lumotlar taqdim etildi. Shuningdek, jadidlar faoliyatiga bag‘ishlangan kitoblar va tarixiy ma’lumotlar ishtirokchilarga tanishtirildi.