JADIDLAR — MILLAT MA’RIFATI VA TARAQQIYOTI YO‘LIDA
JADIDLAR — MILLAT MA’RIFATI VA TARAQQIYOTI YO‘LIDA
Joriy yilning 5-oktyabr sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan yoshlar va kitobxonlar ishtirokida jadidlar hayoti va ma’rifiy faoliyatiga bag‘ishlangan “Jadidlar — millat ma’rifati va taraqqiyoti yo‘lida” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida jadid bobolarimizning xalqni ilm-ma’rifatga chorlash, milliy ong va tafakkurni yuksaltirish yo‘lidagi xizmatlari haqida so‘z yuritildi. Ayniqsa, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, Munavvarqori Abdurashidxonov kabi ma’rifatparvarlarning hayoti va ijodiga alohida to‘xtalib o‘tildi.
Tadbir davomida ishtirokchilar jadidlar qoldirgan boy ma’naviy meros, ularning ilm, ta’lim va taraqqiyot haqidagi ilg‘or g‘oyalari yuzasidan fikr almashdilar.
📖 Jadidlar merosi — millatimiz ma’naviy xazinasi va yosh avlod uchun ibrat maktabidir!