“Jaholatga qarshi — ma’rifat” shiori ostida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
#Zomin_tumani
“Jaholatga qarshi — ma’rifat” shiori ostida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Zomin tumani “Taraqqiyot” mahalla fuqarolar yig‘inida “Jaholatga qarshi — ma’rifat” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot-tashviqot tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga mazkur g‘oyaning mazmun-mohiyati, uning jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyati atroflicha tushuntirildi. Shuningdek, mavzuga oid videoroliklar namoyish etilib, ma’rifatning inson kamoloti va jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni keng yoritib berildi.
Shundan so‘ng, tadbir ishtirokchilari tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil va tushunarli javoblar berildi. Mazkur tadbir aholi, ayniqsa yoshlar orasida ma’naviy immunitetni kuchaytirish, turli yot g‘oyalarga qarshi ongli munosabatni shakllantirish hamda ma’rifatli jamiyat barpo etishga xizmat qiladi.