“Keksalar – hayotimiz fayzi va bebaho tajriba maktabi”
“Keksalar – hayotimiz fayzi va bebaho tajriba maktabi”
Zomin tuman Axborot-kutubxona markazida nuroniy otahonlar ishtirokida “Keksalar – hayotimiz fayzi va bebaho tajriba maktabi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida otaxonlarning jamiyatimizdagi o‘rni, ularning boy hayotiy tajribasi, yosh avlod tarbiyasiga qo‘shayotgan munosib hissasi hamda milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash borasidagi xizmatlari haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
Davra suhbatida nuroniy otahonlar o‘zlarining hayotiy tajribalari, ibratli hayot yo‘llari va yoshlarga beradigan qimmatli nasihatlari bilan o‘rtoqlashdilar. Ayniqsa, yoshlarni ilm olishga, kitob mutolaasiga, Vatanga muhabbat va milliy qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Samimiy va mazmunli ruhda o‘tgan ushbu davra suhbati ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.