“Kitob — bilim va ma’naviyat manbai”
“Kitob — bilim va ma’naviyat manbai”
Joriy yilning 10-avgust sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Idial” o‘quv markazi o‘quvchilari ishtirokida “Kitob — bilim va ma’naviyat manbai” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida kitob mutolaasining yoshlar hayotidagi o‘rni, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish hamda ilm olishga bo‘lgan qiziqishni oshirish haqida suhbat olib borildi.
Tadbir davomida o‘quvchilarga axborot-kutubxona markazidagi adabiyotlar, yangi nashrlar va kitobxonlar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida ma’lumotlar berildi. O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan faol ishtirok etdilar.
📖 Kitob o‘qigan yosh — kelajakka ishonch bilan qadam qo‘yadi!