“KITOB — BILIM VA MA’NAVIYAT MANBAI”
“KITOB — BILIM VA MA’NAVIYAT MANBAI”
Joriy yilning 16-sentabr sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 34-maktabning 4-sinf o‘quvchilari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.
Davra suhbatida kitobning inson hayotidagi o‘rni, mutolaaning foydali jihatlari hamda bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazishda kitob o‘qishning ahamiyati haqida suhbatlashildi.
Shuningdek, o‘quvchilarga yoshiga mos badiiy adabiyotlarni muntazam mutolaa qilish, kitobni asrab-avaylash va kutubxonadan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Tadbir davomida o‘quvchilar o‘z fikrlarini bildirib, qiziqarli savol-javoblarda faol ishtirok etdilar.