KITOB — BILIM VA MA’NAVIYAT MANBAI
KITOB — BILIM VA MA’NAVIYAT MANBAI
Joriy yilning 14-oktabr sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 34-maktabning 5-sinf o‘quvchilari ishtirokida “Kitob — bilimlar xazinasi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbati davomida o‘quvchilarga kitob o‘qishning inson hayotidagi ahamiyati, mutolaa orqali bilim va dunyoqarashni kengaytirish, bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, o‘quvchilar o‘zlari sevib o‘qigan kitoblari haqida fikr almashib, qiziqarli savol-javoblarda faol ishtirok etdilar.
Tadbirning asosiy maqsadi — yosh avlod qalbida kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, kitobga bo‘lgan mehrni oshirish va mutolaaga qiziqishni yanada kuchaytirishdan iborat.
📖 Kitob o‘qigan bola — kelajakka dadil qadam qo‘yadi!