“KITOB — BOLAJONLARNING ENG YAXSHI DO‘STI” MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI
“KITOB — BOLAJONLARNING ENG YAXSHI DO‘STI” MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI
Joriy yining 12-avgust sanasida
Zomin tuman axborot-kutubxona markazida bolajonlar ishtirokida “Kitob — bolajonlarning eng yaxshi do‘sti” mavzusida qiziqarli va mazmunli davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida bolajonlarga kitobning inson hayotidagi o‘rni, mutolaaning foydasi hamda bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish haqida tushunchalar berildi. Bolalar o‘zlari sevib o‘qiydigan ertak va hikoyalari, sevimli qahramonlari haqida fikrlarini bildirdilar.
Suhbat davomida kitobga mehr uyg‘otish, muntazam kitob o‘qish va kutubxonadan unumli foydalanishning ahamiyati haqida samimiy suhbat olib borildi. Bolajonlar faol ishtirok etib, savollarga javob berdilar hamda o‘zlarining qiziqarli fikrlari bilan o‘rtoqlashdilar.
Bunday tadbirlar yosh kitobxonlarning dunyoqarashini kengaytirish, nutqini rivojlantirish va kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qiladi.