Kitob – inson tafakkurining eng yaqin hamrohi!
Kitobxonlik haftaligi – ma’naviyat bayrami
Joriy yilning 13-aprel sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazida kitobxonlik haftaligi doirasida mazmunli va ko‘tarinki ruhdagi tadbirlar tashkil etilmoqda.
Tadbir davomida turli janrdagi kitoblar hamda zamonaviy elektron nashrlar ko‘rgazmasi namoyish etilib, kitobsevarlar e’tiboriga havola qilindi. Shuningdek, tashkil etilgan kitob yarmarkasi orqali ishtirokchilar o‘zlari uchun zarur va qiziqarli adabiyotlarni tanlab olish imkoniga ega bo‘ldilar.
Mazkur tadbir kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, yoshlar ongida kitobga bo‘lgan mehrni mustahkamlash hamda ularni ma’naviy yetuklik sari undashda muhim ahamiyat kasb etdi.
📖 Kitob – inson tafakkurining eng yaqin hamrohi!