“KITOB — MA’NAVIYAT BULOG‘I”
“KITOB — MA’NAVIYAT BULOG‘I”
Joriy yilning 13-oktabr sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 75-maktabning 6-sinf o‘quvchilari ishtirokida bolalar adabiyotining taniqli namoyandasi Hudoyberdi To‘xtaboyevning “Sariq devni minib” asari yuzasidan davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbati davomida o‘quvchilarga asarning mazmun-mohiyati, bosh qahramonlarning sarguzashtlari, ezgulik va halollik kabi insoniy fazilatlar haqida ma’lumot berildi. O‘quvchilar asar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, qiziqarli savol-javoblarda faol ishtirok etdilar.
Tadbirning asosiy maqsadi yosh avlodni kitobxonlikka keng jalb etish, ularning badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda mutolaa madaniyatini shakllantirishdan iborat.
📖 Aziz yoshlar, kitob o‘qing, tafakkuringizni boyiting va yangi marralar sari intiling!