“Kitob – ma’naviyat ko‘zgusi”
“Kitob – ma’naviyat ko‘zgusi” nomli ko‘rgazma tashkil etildi
Joriy yilning 31-mart sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodilari tomonidan axborot-kutubxona muassasasida “Kitob – ma’naviyat ko‘zgusi” nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ushbu ko‘rgazmadan maqsad kitobxonlar qalbida kitobga bo‘lgan mehr va qiziqishni yanada oshirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga ko‘maklashishdan iborat.
Ko‘rgazmada o‘zbek va jahon adabiyotining eng sara namunalari, badiiy asarlar, ilmiy-ommabop kitoblar hamda yangi adabiyotlar o‘rin oldi. Tadbir davomida kitobxonlarga kitoblarning mazmun-mohiyati haqida ma’lumotlar berilib, ularni mutolaaga keng jalb etish targ‘ib qilindi.
Bunday ko‘rgazmalar yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini boyitishda, ularni barkamol inson qilib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.