“Kitob — ma’naviyat manbai”
“Kitob — ma’naviyat manbai”
Joriy yilning 24-avgust sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan G‘ofur G‘ulom mahallasidagi ko‘chma kutubxona faoliyati doirasida kitobxonlar tomonidan so‘ralgan badiiy va ma’naviy-ma’rifiy adabiyotlar yetkazib berildi.
Tadbir davomida kitobxonlarning qiziqish va ehtiyojlari o‘rganilib, ular tomonidan talab qilingan kitoblar ko‘chma kutubxonaga taqdim etildi. Ushbu tashabbus aholining kitobga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish hamda kutubxona xizmatlarini mahallalarga yanada yaqinlashtirishga xizmat qiladi.
📖 Kitob — qalblarni ma’rifatga chorlovchi, inson tafakkurini boyituvchi bebaho xazina!