KITOB — MA’NAVIYAT MANBAI
KITOB — MA’NAVIYAT MANBAI
Joriy yilning 5-oktyabr sanasida 9225-harbiy qism harbiy xizmatchilari uchun Zomin tuman axborot-kutubxona markazining “Shohruh” kutubxonasiga sayohat uyushtirildi.
Sayohat davomida harbiy xizmatchilar kutubxona faoliyati, kitob fondi va mavjud adabiyotlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, kitob mutolaasining inson ma’naviyati, dunyoqarashi va bilimini yuksaltirishdagi ahamiyati haqida suhbat olib borildi.
Tadbir ishtirokchilarida kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishni oshirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda ma’naviy-ma’rifiy bilimlarini boyitishga xizmat qildi.
📖 Kitob — insonning eng yaqin do‘sti va bilim manbaidir!