“Kitob — ma’naviyat manbai” mavzusida kutubxonaga sayohat
“Kitob — ma’naviyat manbai” mavzusida sayohat
Joriy yilning 21-sentabr sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markaziga uyushmagan yoshlar tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida yoshlar kutubxona faoliyati, kitob fondi hamda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, yoshlar uchun tashkil etilgan kitob ko‘rgazmalari va turli mavzudagi adabiyotlar haqida ma’lumotlar berildi.
Sayohat davomida yoshlarni kitobxonlikka keng jalb etish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishga alohida e’tibor qaratildi.