“Kitob — ma’naviyat xazinasi” mavzusida kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.
“Kitobxonlik haftaligi” doirasida kitob ko‘rgazmasi
Joriy yilning 15-aprel sanasida o‘tkazilayotgan “Kitobxonlik haftaligi” doirasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazida “Kitob — ma’naviyat xazinasi” mavzusida kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Ko‘rgazmada o‘zbek va jahon adabiyotining eng sara asarlari, badiiy, ilmiy-ommabop hamda ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi kitoblar keng o‘rin oldi. Shuningdek, buyuk adib va mutafakkirlarning hayoti va ijodiga oid adabiyotlar ham kitobxonlar e’tiboriga havola etildi.
Tadbir davomida kutubxona xodimlari tomonidan ko‘rgazmaga qo‘yilgan kitoblar haqida batafsil ma’lumotlar berilib, ularning mazmun-mohiyati targ‘ib qilindi. Yosh kitobxonlar o‘zlarini qiziqtirgan asarlar bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.
Mazkur kitob ko‘rgazmasi kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, yoshlarni mutolaaga jalb etish hamda ularning ma’naviy dunyoqarashini boyitishda muhim ahamiyat kasb etdi.