“Kitob — ma’rifat chirog‘i”
Kitob_yarmarka
2025-yil 25-noyabr kuni Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "G'afur G'ulom" mahallasining 1-umumiy o'rta ta'lim maktab o'quvchilariga “Kitob — ma’rifat chirog‘i” nomli kitoblar yarmarkasi tashkil etildi. Yarmarkada turli yo‘nalishlardagi badiiy, tarixiy, bolalar uchun mo‘ljallangan adabiyotlar namoyish etildi.
Tadbirning asosiy maqsadi — aholining kitobga qiziqishini kuchaytirish, yoshlarning fikrlash doirasini kengaytirish hamda mahallada kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishdir.
Yarmarka davomida kitobxonlar yangi nashrlar bilan tanishish, o‘zlariga yoqqan asarlar haqida fikr almashish hamda ma’naviy ozuqa olish imkoniga ega bo‘ldilar.