“Kitob olamini kaşf etamiz!”
“Kitob olamini kaşf etamiz!”
Zomin tuman Şohrux nomidagi axborot-kutubxona markazining "Istiqlol" QFYda joylaşgan filiali tomonidan yoş avlodning mutolaaga bölgan qiziqişini yanada oşiriş va kitobxonlik madaniyatini keng tarğib qiliş maqsadida köçma kutubxona xizmati asosida navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir ötkazildi.
Tadbir doirasida 78-umumta’lim maktabi öquvçilari iştirokida “Kitob olamini kaşf etamiz!” nomli kitob körgazmasi taşkil etildi. Körgazmadan özbek va jahon adabiyotining sara namunalari, qiziqarli badiiy asarlar, tarixiy-ma’rifiy naşrlar hamda öquvçilarning yoş xususiyatlari va bilim olişga bölgan intilişlariga mos turli janrdagi kitoblar örin oldi.
Körgazma davomida kutubxona mutaxassislari öquvçilarga yangi va qiziqarli adabiyotlar haqida ma’lumot berib, har bir asarning tarbiyaviy va ma’rifiy ahamiyati haqida suhbatlaşdilar. Öquvçilar esa özlarini qiziqtirgan kitoblarni közdan keçirib, köçma kutubxona orqali ularni mutolaa qiliş uçun tanlab oldilar.