“KITOB — YOSHLAR KELAJAGI POYDEVORI”
“KITOB — YOSHLAR KELAJAGI POYDEVORI”
Joriy yilning 19-noyabr sanasida “INFOLIB O‘ZBEKISTON–2026” XV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida Istiqlol QFYda joylashgan Zomin tuman axborot-kutubxona markazida uyushmagan yoshlar ishtirokida kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Ko‘rgazmadan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish, ularning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishdan iborat.
Tadbir davomida yoshlar turli mavzulardagi badiiy, tarixiy va ma’rifiy adabiyotlar bilan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan kitoblar haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Zero, kitob o‘qigan yosh — kelajakka intilgan yosh!
https://t.me/zomin_kutubxona/29025