“Kitoblar yangilanar, bilimlar charog‘on bo‘lar”
“Kitoblar yangilanar, bilimlar charog‘on bo‘lar”
Joriy yilning 10-sentabr sanasida
Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi tomonidan 2-son Bollalar va sanat maktabida tashkil etilgan ko‘chma kutubxonadagi o‘qib bo‘lingan adabiyotlar yangi kitoblarga almashtirildi.
Ushbu tashrif davomida kitobxonlar tomonidan mutolaa qilingan adabiyotlar yig‘ib olinib, ularning o‘rniga mazmunan boy, qiziqarli va yangi adabiyotlar yetkazib berildi. Kitoblar almashinuvi orqali kitobxonlarning muntazam ravishda yangi asarlar bilan tanishib borishlari, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari hamda kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsad qilindi.
Ko‘chma kutubxona faoliyatini muntazam yangilab borish aholining turli qatlamlarini kitob va mutolaaga keng jalb etishda muhim аҳamiyat kasb etadi. Yangi adabiyotlar kitobxonlarda katta qiziqish uyg‘otib, ularni ma’naviy va ma’rifiy jihatdan boyitishga xizmat qiladi.