"Kitobxon fikri – kutubxona rivoji uchun muhim"
"Kitobxon fikri – kutubxona rivoji uchun muhim"
Joriy yilning 9-iyul sanasida
Zomin tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan kitobxonlar o'rtasida so'rovnoma o'tkazildi. So'rovnoma davomida kitobxonlarning kutubxona xizmatlari sifati, kitob fondi, elektron xizmatlar hamda mutolaa madaniyatini rivojlantirish bo'yicha fikr va takliflari o'rganildi.
Mazkur so'rovnoma natijalari asosida kitobxonlar ehtiyojlarini yanada chuqurroq tahlil qilish, kutubxona faoliyatini takomillashtirish va xizmatlar sifatini oshirish bo'yicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
Bunday so'rovnomalar kitobxonlar bilan ochiq muloqotni mustahkamlash, ularning fikr va mulohazalarini inobatga olgan holda zamonaviy va qulay kutubxona muhitini yaratishga xizmat qiladi.