“KITOBXON ONA — MA’RIFATLI OILA POYDEVORI”
“KITOBXON ONA — MA’RIFATLI OILA POYDEVORI”
“Kitobxon onalar kuni” doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi
Joriy yilning 16-oktabr sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi hamda “Kelajak” markazi hamkorligida “Kitobxon onalar kuni” munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida kitobxonlikning oila tarbiyasidagi o‘rni, farzandlarni kitobga mehr qo‘yish ruhida tarbiyalash hamda onalarning ma’naviy dunyoqarashini boyitishda kitob mutolaasining ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
Ishtirokchilar kitob o‘qishning inson kamoloti, oilada sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish va yosh avlod tarbiyasidagi o‘rni yuzasidan o‘zaro fikr almashdilar.
Tadbirning asosiy maqsadi onalar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish, oilalarda mutolaa muhitini shakllantirish va ma’naviyatli avlodni tarbiyalashga hissa qo‘shishdan iborat.
Kitobxon ona — kitobsevar farzand, ma’rifatli oila va yorug‘ kelajak demakdir!