“Kitobxonlik haftaligi” doirasida kitob ko‘rgazma
Joriy yilning 17-aprel sanasida “Kitobxonlik haftaligi” doirasida Zomin tuman axborot-kutunxona markazi xodimlari tomonidan haftalikning tantanali yopilish marosimi munosabati bilan mazmunli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ushbu ko‘rgazmada turli yo‘nalishdagi badiiy, ilmiy-ommabop hamda bolalar adabiyotlari keng namoyish etilib, kitobxonlarga boy ma’naviy ozuqa ulashildi.
Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan kitoblar bilan yaqindan tanishib, mutolaa madaniyatini yanada oshirishga xizmat qiluvchi tavsiyalar oldilar. Ayniqsa, yoshlar uchun mo‘ljallangan adabiyotlarga alohida e’tibor qaratilib, ularning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida targ‘ibot ishlari olib borildi.
Mazkur ko‘rgazma haftalik yakuniga o‘ziga xos ruh bag‘ishlab, kitobxonlikni keng targ‘ib etish hamda aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida mutolaa madaniyatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.