“Kitobxonlik haftaligi” doirasida xizmat ko‘rsatish bo‘limida metod almashuv tadbiri bo‘lib o‘tdi.
KITOBXONLIK HAFTALIGI
Joriy yilning 16-aprel sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazida “Kitobxonlik haftaligi” doirasida xizmat ko‘rsatish bo‘limida metod almashuv tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbir xizmat ko‘rsatish bo‘limi xizmat rahbari S. Muhtorova bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Mazkur uchrashuv davomida mutaxassislar o‘zaro tajriba almashib, kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, zamonaviy yondashuvlarni joriy etish hamda samarali ish uslublarini kengaytirish yuzasidan fikr almashdilar.
Shuningdek, kitobxonlar bilan ishlashda yangi g‘oya va tashabbuslar ilgari surilib, amaliy tavsiyalar berildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar kelgusidagi faoliyatni yanada samarali tashkil etish bo‘yicha muhim xulosalarga kelishdilar.