“Kitobxonlik haftaligi” doirasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazida ijodiy uchrashuv tashkil etildi
“Kitobxonlik haftaligi” doirasida ijodiy uchrashuv
Joriy yilning 15-aprel sanasida o‘tkazilayotgan “Kitobxonlik haftaligi” doirasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazida ijodiy uchrashuv tashkil etildi. Ushbu uchrashuv Ra'no Holiqova — O‘zbekiston Respublikasi O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi bilan bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda adabiyot ixlosmandlari, yosh kitobxonlar hamda ijodga qiziqadigan o‘quvchi-yoshlar faol ishtirok etdilar. Uchrashuv davomida mehmon o‘zining ijodiy faoliyati, yozgan asarlari va adabiyotga kirib kelish yo‘llari haqida samimiy suhbat olib bordi. Shuningdek, yoshlar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berilib, ularga ijod qilish va kitob o‘qish borasida foydali tavsiyalar berildi.
Ijodiy uchrashuv samimiy va iliq muhitda o‘tib, ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Tadbir yakunida faol qatnashgan yoshlar rag‘batlantirildi hamda bu kabi uchrashuvlar yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.