"Koʻchma kutubxonalar"
#Koʻchma_kutubxona
Joriy yilning 15-iyul sanasida
Zomin tuman axborot -kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Koʻchma kutubxonalar", "Mahalla
kutubxonalari" faoliyatini takomillashtirish, oromgohlarda rejali
ravishda "Kitob o'qish soatlari"ni tashkil qilish, kitobxonlar sonini oshirish, fuqarolarni kitobxonlikka targʻib qilish maqsadida Zomin tuman muassasa shaklidagi "Yulduzcha" bolalar sog'lomlashtirish oromgohida ko‘chma kutubxona tashkil etildi. Hamda 2026-yil uchun shartnoma imzolandi va 15 dona badiiy adabiyotlar olib borildi.