“Kuch – adolatda”
Buyuk sarkarda – buyuk meros
Joriy yilning 3-aprel sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi hodimlari tomonidan yoshlar qalbida milliy g‘urur va tarixiy xotirani mustahkamlash maqsadida buyuk sarkarda Amir Temur hayotiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga Sohibqironning boy tarixiy merosi, davlat boshqaruvidagi donishmandligi va harbiy san’atdagi yuksak mahorati haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, uning “Kuch – adolatda” degan hikmati asosida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Davra suhbati qizg‘in savol-javoblar, fikr almashuvlar orqali yanada mazmunli o‘tdi va ishtirokchilarda tariximizga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi.
🇺🇿 Buyuk ajdodlarimiz merosi – biz uchun faxr va ibrat maktabidir!