Kutubxona — bilimlar olamiga sayohat” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir
Kutubxona — bilimlar olamiga sayohat” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir
Joriy yilning 12-oktabr sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 75-maktab o‘quvchilari ishtirokida kutubxonaga sayohat tashkil etildi.
Sayohat davomida o‘quvchilar kutubxona faoliyati, kitob fondi, turli janrdagi badiiy adabiyotlar hamda kitobxonlarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, ularga kitob mutolaasining inson tafakkuri, dunyoqarashi va ma’naviy kamolotidagi o‘rni haqida tushunchalar berildi.
Tadbir davomida o‘quvchilarda kitobga bo‘lgan qiziqishni oshirish, mutolaa madaniyatini shakllantirish va ularni kutubxonaga keng jalb etishga alohida e’tibor qaratildi.
📖 Kitob bilan do‘st bo‘lgan avlod — kelajak bunyodkori!