“Kutubxona kvesti”
Zomin tuman axborot-kutubxona markazi Axborot-bibliografiya xizmati rahbari H. Mirzayeva tomonidan Zomin tumani maktab va maktabgacha ta’lim bo’limiga qarashli “Kamalak” nomli NMTT bilan hamkorlikda “Kutubxona kvesti” boshqotirma o’yini tashkil etildi. O’yinda bolajonlarni aqlini charxlash maqsadida kapalak rasmini to’g’ri joylashtirish o’yini tashkil etildi. Faol ishtirok etgan guruh tarbiyalanuvchi bolajonlari tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.