“KUTUBXONA — MA’RIFAT VA MULOQOT MASKANI”
“KUTUBXONA — MA’RIFAT VA MULOQOT MASKANI”
Joriy yilning 12-iyul sanasida
Zomin tuman axborot-kutubxona markazida otaxonlar uchun ham kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida mazmunli uchrashuv tashkil etildi.
Tashrif davomida otaxonlarga kutubxonadagi mavjud adabiyotlar, yangi kelgan kitoblar, davriy nashrlar hamda kitobxonlarga yaratilgan qulay sharoitlar haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, o‘zlari qiziqqan adabiyotlarni tanlash va kutubxona xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Samimiy muloqot davomida kitobning inson hayotidagi o‘rni, mutolaaning ma’naviy dunyoqarashni boyitishdagi ahamiyati haqida fikr almashildi. Otaxonlar ham kutubxonadagi kitoblar bilan tanishib, o‘zlariga manzur bo‘lgan adabiyotlarni mutolaa qilish uchun tanladilar.
Bunday uchrashuvlar kitobxonlik yosh tanlamasligini, kitob va ma’rifat har bir inson hayotida muhim o‘rin tutishini yana bir bor namoyon etadi.