«Kutubxonaga kitob sovğa qilaman» aksiyasi qizğin davom etmoqda.
«KUTUBXONAGA KITOB SOVĞA QILAMAN!» AKSIYASI DAVOM ETMOQDA!
#Infolib_2026
#Kitob_hadya_qilamiz
Joriy yilning 17-noyabr kuni «INFOLIB ÖZBEKISTON – 2026» XV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida Şohrux nomidagi Zomin tuman axborot-kutubxona markazida ma’rifat ulaşişga qaratilgan xayrli taşabbus — «Kutubxonaga kitob sovğa qilaman» aksiyasi qizğin davom etmoqda.
Markazimizning faol va fidoyi kitobxonlaridan biri uşbu ezgu çorlovga javoban, kutubxonamiz fondini yanada boyitiş va yangi asarlar bilan bezaş maqsadida öz şaxsiy xazinasidan qimmatbaho kitoblarni hadya qildi.
Bu kabi saxovatli va savobli işlar nafaqat kitob javonlarimizning boyişiga, balki eng muhimi — yoş avlod qalbida mutolaaga bölgan muhabbatni uyğotiş va jamiyatimizda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirişga xizmat qiladi.
Ezgu taşabbus körsatib, ma’naviyat xazinamizga munosib hissa qöşgan saxovatli kitobxonimizga samimiy minnatdorçilik bildiramiz! Sizning kitobga bölgan mehringiz barçaga örnakdir.