Kutubxonaga sayohat
Joriy yilning 9-iyul kuni Zomin axborot-kutubxona markazida Madaniyat foluklior "Humor" ansanbili a'zolari bilan ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda sayohat tashkil etildi.
Sayohat davomida mehmonlar kutubxonamizning tarixi, faoliyat yo‘nalishlari, zamonaviy xizmat turlari va elektron resurslari hamda kitobxon faollar burchagi bilan ham yaqindan tanishib chiqdilar.
Kutubxonamiz fondidagi noyob asarlar, yangi adabiyotlar, ilmiy va badiiy manbalar, shuningdek, foydalanuvchilarga yaratilgan qulayliklar haqida batafsil ma’lumot berildi.