"Ma'rifat sari chorlovchi asar"
"Ma'rifat sari chorlovchi asar"
Joriy yilning 7-iyul sanasida
Zomin tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan kitobxonlikni targ'ib qilish maqsadida Oʻzbekiston xalq yozuvchisi ning "Dunyoning ishlari" asari taqdimotiga bag'ishlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida asarning mazmun-mohiyati, unda ilgari surilgan insoniylik, mehr-oqibat, ota-onaga hurmat kabi yuksak fazilatlar haqida so'z yuritildi. Ishtirokchilar asardan olgan taassurotlari bilan o'rtoqlashib, qahramonlar obrazi va asarning bugungi kundagi ahamiyati yuzasidan fikr almashdilar.
Tadbir yakunida kitob mutolaasining yoshlar tarbiyasidagi o'rni alohida ta'kidlanib, barchaga mutolaani muntazam davom ettirish tavsiya etildi.