METODIK YORDAM
METODIK YORDAM
Joriy yilning 25-sentabr sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 1-maktab kutubxonachisiga metodik yordam ko‘rsatildi
Jarayon davomida kutubxona faoliyatini samarali tashkil etish, kitob fondidan unumli foydalanish, kitobxonlar bilan ishlash hamda o‘quvchilarni mutolaaga keng jalb etish bo‘yicha amaliy va metodik tavsiyalar berildi.
Shuningdek, kitoblarni targ‘ib qilish, turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va kitob ko‘rgazmalarini tashkil etish yuzasidan fikr va takliflar almashildi.
Hamkorlik va metodik ko‘mak — kutubxona faoliyatini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi!