"Milliy madaniyat va adabiyot durdonalari" mavzusida adabiyotlar ko‘rgazmasi
Bugungi yoshlik- ertangi tarix. Milliy libos esa avlodlar o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikdir. Shunday ekan, milliy libosni qadrlash, uni ardoqlash va yoshlar ongiga singdirish barchamizning burchimizdir.
Joriy yilning 9-iyul sanasida
Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan uyushmagan yoshlar ishtirokida "Milliy madaniyat va adabiyot durdonalari" mavzusida adabiyotlar ko‘rgazmasi tashkil qilindi.
Ko‘rgazma nafaqat kitoblar balki,milliy qadryatlarimiz targ‘iboti uchun ham maʼnaviy bir maydonga aylandi. Ishtirokchilar milliy madaniyatimiz, xalqona anʼanalarimiz va bebaho merosimizning timsollarini namoyon etdilar.