“Milliy va ma’naviy qadriyatlarimiz – bebaho boyligimiz”
#Koʻrgazma
7- sonli bayonining 5.5 bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida 2025 yil 12-dekabr kuni Zomin tuman axborot - kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Milliy va ma’naviy qadriyatlarimiz – bebaho boyligimiz” mavzusida kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazmaning asosiy maqsadi — yoshlarimizni xalqimizning asrlar davomida shakllangan urf-odatlari, an’analari, tarixiy merosi va ma’naviy boyliklari bilan yaqindan tanishtirish, ularni vatanparvarlik va milliy g‘urur ruhida tarbiyalashdan iborat. Tadbir o‘quvchilarda kitobxonlik madaniyatini oshirish, ularda ma’naviy dunyoqarashni boyitish, milliy o‘zlikni anglashi tuyg‘usini mustahkamlashga xizmat qildi. Ko‘rgazmaga tashrif buyurganlar o‘zlarini qiziqtirgan kitoblari bilan yaqindan tanishdilar va mazmunli suhbatlar olib bordilar.