“Milliyligini yo‘qotmagan millat” nomli ko‘rgazma tashkil etildi.
#kitoblar_korgazmasi_2026
Joriy yilning 13-aprel sanasida “Kitobxonlik haftaligi” doirasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 34-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 5-sinf o‘quvchi qizlari ishtirokida “Milliyligini yo‘qotmagan millat” nomli ko‘rgazma tashkil etildi.
Mazkur ko‘rgazmada milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz hamda milliylikni asrab-avaylashning ahamiyati haqida keng ma’lumotlar berildi. Tadbir davomida o‘quvchilar milliy merosimizga oid kitoblar va ko‘rgazma materiallari bilan yaqindan tanishdilar.
Ko‘rgazma ishtirokchilarda milliy g‘urur va qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.